Ijtimoiy himoya doimo eʼtiborda

Oʼzbekiston Milliy universitetda faoliyat yuritayotgan professor-oʼqituvchilar va ishchi-xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qilish – ish beruvchi va Kasaba uyushma qoʼmitasining birgalikdagi doimiy faoliyat yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Hususan, joriy yilning 26-27 avgust kunlari Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligiga 30 yil toʼlishi munosabati bilan universitetda faoliyat koʼrsatayotgan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj va oʼz xizmat vazifalarini chin dildan ado etayotgan professor-oʼqituvchilar va ishchi-xodimlardan 147 nafariga 12 xil oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat toʼplam tarqatildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda fakulьtet dekanatlari, boʼlim boshliqlari va boshlangʼich kasaba uyushma raislari faol ishtirok etdilar. Ishonamizki, kelgusida bu kabi hayrli ishlar bardavom boʼladi.

OʼzMU Аxborot xizmati