Аdju universiteti delegatsiyasi OʼzMUda

Oʼzbekiston Mlliy universitetiga Аdju universiteti (Koreya Respublikasi) vitse-prezidenti Jeong-Houn Son, Toshkent shahridagi Аdju universiteti rektori Gayrat Muratov,  birinchi prorektori Lim Jay Ick, rektor maslahatchisi Park Sang Woo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan koʼzlangan maqsad universitetlararo o`zaro hamkorlik oʼrnatishdan iborat. Uchrashuvda  universitetlar faoliyatiga toʼxtalib oʼtilib, kelajakda o`zaro hamkorlik qilish toʼgʼrisidagi takliflar koʼrib chiqildi. Shuningdek, kompyuter injenerligi va elektronika yoʼnalishlarida hamkorlik qilish, qoʼshma ilmiy loyihalar yozish hamda yosh tadqiqotchilarni Koreya Respublikasidagi Аdju universitetiga joʼnatish kabi bir qator masalalarga batafsil toʼxtalib oʼtdilar.

O’zMU Axborot xizmati