Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi bo’lim boshlig’i Z.Abidov hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi oʻqituvchisi, t.f.f.d. (PhD) Otabek Alimardonov hammuallifligidagi «Oʻzbekiston va Latviya xalq diplomatiyasi» nomli kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Ushbu kitobda ilk marta O’zbekistonning Latviya bilan xalq diplomatiyasi aloqalari, xususan, ikki mamlakat parlament diplomatiyasi, iqtisodiy diplomatiyasi hamda madaniy diplomatiyasi aloqalari bayon etilgan. Shuningdek, kitobda O’zbekiston – Latviya do’stlik jamiyati faoliyati, Toshkent – Riga, Samarqand – Yurmala shaharlarining birodarlik aloqalari tarixi haqida ma’lumotlar arxiv manbalar asosida tahlil etilgan.
O’zMU Axborot xizmati