2022-yilning 21-fevral kuni Vytautas Magnus (Litva) universitetining rektori prof. Juozas Augutis boshchiligidagi delegatsiya Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, xususan, Erasmus xalqaro loyihasida ishtirok etish, ilmiy laboratoriyalardan unumli foydalanish, akademik mobillikni yoʼlga qoʼyish va shu kabi bir nechta masalalar muhokama qilindi.
Ma`lumot uchun, O’zMU mazkur universitet bilan 2020-yilda hamkorlik memorandumi imzolagan. Vytautas Magnus universiteti QS 800-1000 va THE 1201+ oʼrinni egallaydi.
O’zMU Axborot xizmati