Oʼzbekistonning mustaqil taraqqiyot yoʼli: tarix saboqlari va kelajak istiqbollari

2021 yil 28 avgust kuni Oʼzbekiston Milliy universitetda Oʼzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan “Oʼzbekistonning mustaqil taraqqiyot yoʼli: tarix saboqlari va kelajak istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya boʼlib oʼtdi. Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaning maqsadi Respublika rivojlanishining barcha sohalari va yoʼnalishlari boʼyicha xulosalar chiqarish, shuningdek, mavjud muammolarni tahlil qilish, ularni bartaraf qilish yoʼllarini va kelgusida uzoq muddatli ishlar rejalarini ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyada dunyoning 11 mamlakat vakillari, jumladan, Frantsiya, Xitoy, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya, Qirgʼiziston, Qozogʼiston, Rossiya, Tojikiston va Oʼzbekistonning olimlari, professorlari, oʼqituvchilari, doktorantlari va magistrantlari ishtirok etdi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyani Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berib, barcha ilmiy yoʼnalishlar vakillariga muvaffaqiyat tiladi.
Аnjuman mobaynida turli soha yoʼnalishlar vakillari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, olimlar, oʼqituvchilar, doktorantlar va magistrantlar tomonidan yalpi shoʼba majlislari doirasida ilmiy maʼruzalar oʼqildi.

Mustaqillik bu gʼurur, mustaqillik bu iftixor, mustaqillik bu gʼayrat. Mana shu 3 soʼz zamirida ulkan maʼno, ulkan oʼzgarishlar, islohotlar natijasi turadi. Nima bizni gʼururlantiradi, nima bizni gʼayratlantiradi? Oʼzbekistonning xalqaro maydondagi imiji oshib borayotgani bizni gʼayratlantiradi. Oʼzbekistonning sport sohasidagi yutuqlari bizga gʼurur beradi. Oʼzbekistonning ilm-fan sohasidagi aloqalari bizni dunyoga yuzlashayotganimizdan Ulugʼbek vorisi, Ibn Sino izdoshlari ekanligimizni namoyon etadi. Bugun oʼtkazilayotgan bevosita xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi bugungi yoshlarning uchinchi Renessans poydevori va drayveri boʼlgan yoshlarga Oʼzbekistonni xalqaro hamjamiyatdagi oʼrnini xalqaro mutaxassislar tomonidan Oʼzbekistonni eʼtirof etilish jarayonini yoshlarga koʼrsatib berish va bu orqali yoshlarda motivatsiya, ertangi kunga umid, ishonch tuygʼularini shakllantirishdan iborat. Qolaversa, mamlakatlar va millatlar sarxadini tan olmaydigan ilm ummoniga yoshlarni yoʼnaltirishdan iborat. Mana bevosita bugun kuzatib turganimizdek, dunyoning 20ga yaqin sohaning kuchli mutaxassislari sotsiolog, psixolog va politolog olimlari tomonidan eʼtirof etilyaptiki, Oʼzbekiston oxirgi 5 yil ichida haqiqatdan ham yangi davrga kirdi. Yangi Oʼzbekiston atamasi tom maʼnoda oʼzining siyosiy termin sifatida ham, xalqaro maydondagi imij nuqtai nazarida ham terminga aylandi.

Bu taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan, yoshlarga berilayotgan eʼtiborda, gʼamxoʼrlikda. Eʼtibor bering, oxirgi bir yilni sarhisob qiladigan boʼlsak, dekabr oyida muhtaram yurtboshimiz tomonidan Respublika yosh iqtidorlilar bilan suhbat boʼldi, undan soʼng har bir soha vakillari bilan alohida uchrashilib, bugungi kundagi soha muammolari va ertangi kun istiqbollari fikrlashildi. Eng katta meni xursand qilgani, kuni kecha respublikamizdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot va bugungi kunda Oʼzbekistonning istiqboldagi iqtisodiy strategik rejalarini aynan mahalliy va xalqaro tadbirkorlarimiz bilan muloqot qilinishi bu xalqaro maydonda ham yaxshi bir imij koʼrsatadi. Chunki demokratiyaning asosiy detallari va elementlaridan biri bu xalq bilan muloqot termini natijasida tadbirkorlikka berilayotgan eʼtibor bu davlatning istiqbolini, ertangi kunini belgilaydi. Shu maʼnoda bugungi tadbirkorlarning qoʼllab-quvvatlanishi ertangi yoshlarni daromadli, ishbilarmon va oʼz sohasining ustasi boʼlib yetishishga olib keladi. Bu esa, agarda bugungi yoshlar iqtidorli, talantli tadbirkor boʼlsa, bular ertaga albatta, Oʼzbekistonni yana ham yangi davrda ochib bergan, yurtboshimiz aytganlaridek, haqiqiy uchinchi renessansning drayver vazifasini oʼta oladigan darajadagi intellektual salohiyatli yuqori malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Аynan bugungi xalqaro konferentsiyaning maqsadi ham mana shu maqsadlar yoʼlida xizmat qilishdan iborat, deydi Oʼzbekiston Milliy universiteti oʼqituvchisi Ravshan Omonov.

OʼzMU Аxborot xizmati