O’zbekiston Milliy universitetiga Turkiya Respublikasining Dejli universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv ta’lim sohasidagi Oʻzbekiston-Turkiya hamkorligining keng koʻlamli masalalarini atroflicha muhokama qilish va kelishish, kelgusidagi hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish va yaqin istiqboldagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash imkonini berdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo’nalishlari, hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar xususida fikr almashildi. Xususan, O’zMU rektori Inom Madjidov hamkorlik aloqalarini talabalar almashinuvi bilan boshlash, hamkorlikda laboratoriyalardan foydalanish hamda ikkala davlatda ham tan olinadigan diplomlar berish bo’yicha takliflar berdi. Bundan tashqari, hamkorlikning boshqa shakllarini ham tez sur’atlarda amalga oshirish maqsadida Dejli universiteti rektori Mexmet Karakoch O’zbekiston Milliy univeristeti rektori boshchiligidagi delegatsiyani Turkiya Respublikasiga taklif qildi. Uchrashuv yakunida ikki universitet rektorlari tomonidan Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu hujjat keng va ko‘p qirrali ixtisoslikdagi mutaxassislarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
O’zMU Axborot xizmati