MIRZO ULUG‘BЕK NOMIDAGI O‘ZBЕKISTON MILLIY UNIVЕRSITЕTI
TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI FAKULTЕTI
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Taekvondo va sport faoliyati fakultetida 2022 yil 23-24 aprel kunlari “Jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish istiqbollari: muammo va yechimlar” mavzusida II-Respublika miqiѐsidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilaѐtgan ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda soha mutaxassislarini anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.
Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi: Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda respublikamizning barcha qatlamlarida jismoniy rivojlantirish muammolarini hal etishning yangi yo‘llarini izlash, ѐsh avlodning jismoniy tayѐrgarligi hamda jismoniy rivojlanishi jaraѐnini takomillashtirish qonuniyatlari, metodologik va uslubiy sharoitlarini o‘rganish. Jismoniy tarbiya va sportning o‘quvchilar, talabalar va oila haѐtidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan izlanishlar, tajribalar va ularning natijalari bo‘yicha ilmiy asoslangan fikrlar muhokamasi.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘’balar tashkil qilinadi:
1- sho‘’ba: Jismoniy tarbiya va sport sohasi kadrlarini tayѐrlash, ularni malakasini oshirish va qayta tayѐrlash tizimidagi muammolar va ularning yechimlari
2- sho‘’ba: Jismoniy tarbiya va sport sohasi samaradorligini oshirishda fiziologik, pedagogik-psixologik ѐndashuvlar va fanlararo integratsiyalashuv masalalari
3- sho‘’ba: Aholining barcha qatlamlarida sog‘lom turmush tarzi xaѐtiy ko‘nikmalarini rivojlantirish muammolari va yechimlari
4- sho‘’ba: Yuqori malakali sportchilarni tayѐrlashda tibbiy-biologik ta’minoti hamda antidoping qoidalariga rioya etish masalalari
5- sho‘’ba: Jismoniy tarbiya va sport marketingini rivojlantirish istiqbollari
Mualliflar uchun ma’lumot:
Anjumanda ma’ruza qilingan mavzularning matni ilmiy to‘plamda maqola shaklida chop etiladi. Maqola matnida keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga mualliflar javobgardirlar.
- Matnlar hajmi A4 formatda, Microsoft Word matn muharriri ѐrdamida, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, 1,5 interval oraliqda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm;
- birinchi qatorda sahifaning o‘rtasida bosh va qalin harflarda maqola ѐki tezisning nomi, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi, lavozimi, telefon raqami va elektron manzili ko‘rsatiladi;
- maqola ѐki tezislarda o‘zbek va rus tillarida qisqa annotatsiya, kalit (tayanch iboralar) so‘zlar ko‘rsatiladi;
- maqola ѐki tezislar 1 (bir) nusxada tahrir qilingan holda qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi;
- maqola ѐki tezislarning hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan hamda 7 betdan oshmagan xolda bo‘lishi talab etiladi;
- maqola ѐki tezis oxirida foydalanilgan adbiѐtlar ro‘yxati beriladi, barcha havola (snoska)lar tik qavus ichida ko‘rsatiladi [1];
- mualliflar baѐn etgan ma’lumotlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi va metodologik jihatlari uchun mas’ul;
- anjuman materiallari o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
- talablarga javob bermaydigan holda rasmiylashtirilgan va belgilangan muddatdan kechikib yuborilgan materiallar qabul qilinmaydi hamda chop etilmaydi;
- taqdim etilgan materiallarda mavzuning dolzarbligi, o‘rganilganligi, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tadqiqot uslublari, natijalar tahlili va xulosalari ifodalanishi shart. Maqola va tezislar “Antiplagiat” dasturi orqali tekshiriladi, matnning haqiqiyligi 65% kam bo‘lmasligi kerak.
To‘plamga UDK, BBK, kutubxona indekslari kitob raqami beriladi. Ishtirokchilar konferensiyaning yalpi majlisida “Eng yaxshi maqola”
va “Eng yaxshi ma’ruza” va bir qancha shu kabi nominatsiyalar sertifikat bilan taqdirlanadilar.
To‘plam mualliflar hisobidan chop ettiriladi. Har bir maqola ѐki tezis uchun badal puli 50 000 (ellik ming) so‘m qilib belgilangan.
Bir muallif yakka mualliflikda ikkita maqola ѐki tezis bilan ishtirok etsa 15 % chegirma, ikkita yakka mualliflikda hamda bitta
hammualliflikda bo‘lsa ushbu muallifga 20 % chegirma, ikkita yakka mualliflikda hamda ikkitta hammualliflikda bo‘lsa ushbu muallifga 25 % chegirmalar joriy etiladi. Badal puli naqd to‘lov shaklida ѐki pul o‘tkazmalari (click, payme dasturlari orqali yoki hisob raqamiga) orqali qabul qilinadi.
L/S 400110860262807094100079001
INN-200845944 (NUUz) OPЕRU Kaznacheystva MF Ruz Bank: RKTS GU SB g.Tashkent
R/S 23402000300100001010
INN: 201122919 (MF), MFO-00014 OKONX: 92110
Klik orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun: +99891 334-55-76 raqamiga murojaat etishingiz mumkin.
Eslatma: Hisob raqamga pul o‘tkazmalari amalaga oshirilganda
“konferensiya uchun, to‘lovchining F.I.Sh.” deb belgilanishi lozim bo‘ladi.
Materiallar 2022 yilning 15 apreliga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi 4-uy.
Ma’sul: Q.O.Arzibayev tel: +99833-522-41-39, +99899736-04-11,
telegram +99899-345-84-39 e-mail: sportsmen4959@mail.ru