Kuni kecha ijtimoiy tarmoq orqali “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari yotoqxonasida fakultet zam dekani Oybek Musulmonqulov yotoqxona uchun pullarni (500 ming so‘m) oldindan to‘lash sharti bilan qizlarni soat 23:00 gacha ushlab o‘tirgani aytilmoqda” deya nom ostida berilgan maʼlumot yuzasidan quyidagini maʼlum qilamiz:
Universitetga qarashli 5-sonli talabalar turar joyida Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Oybek Musulmonqulov fakultet talabalariga talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalari, talabalarning kechki yo’qlamasi va talabalar turar joyi uchun qilinadigan to‘lovlaridagi mavjud qarzdorlikni amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borgan.
Maʼlumot o‘rnida, universitetga qarashli talabalar turar joyi uchun 1 oylik to‘lov miqdori 150.000 so‘mni tashkil etadi.
O‘zMU Axborot xizmati