O’zMU Xorijiy filologiya fakultetida Bolgariyada bahor mavzusida ochiq dars bo’lib o‘tdi. Ochiq darsda Bolgariya Respublikasi tarixi, madaniyati va qadriyatlari haqida eng ibratli havolalar professor-o‘qituvchilar tomonidan emas, talabalar tomonidan taqdim etildi. Milatlararo totuvlik va baynalminallikning eng ezgu g‘oyalari tarannum etilgan abadiy qardoshlik tadbirida Xorijiy filologiya fakulteti “Rus tilshunosligi” kafedrasi Bolgariya Respublikasi bilan hamohang fasllar kelinchagi bo’lgan bahor faslini ko’tarinki ruhda kutib oldilar. Davlatlararo do‘stona munosabat madaniyatimiz va qadriyaylarimiz bilan bo‘gliq ekanligi talabalarimizning sof bolgar tilidagi ifodalari orqali o‘z aksini topdi. Navro‘z ayyomida Bolgariya Respublikasi madaniyati vakillari yurtimiz O‘zbekiston Respublikasi haqida go’zal dasturlar tayyorlab, tadbirimizga munosib bo‘ladilar degan umiddamiz.
O‘zMU Axborot xizmati