Chexiyaning Tabiiy Fanlar universitetiga tashrif.

Oʻzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova   Chexiyaning Tabiiy Fanlar universitetiga tashrif buyurdi. Maʼlumki, bu universitet 1906-yilda tashkil topgan boʻlib QS reytingida 701-710, THE reytingida esa 801-1000 oʻrinlarni qayd etgan. Ayniqsa, Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur universitetning Biologiya , kimyo fanlari mutaxassislari bilan yaqindan  hamkorlik qilib boradi.

Dastavval, Chexiya Tabiiy Fanlar universiteti rahbariyati tomonidan  universitet kampusi boʻylab ekskursiya tashkil etildi. Topologik-muhandislik, Agro-biologiya kabi fakultetlarda dars jarayonlarining tashkil etilishi bilan tanishtirildi.

Shuningdek,  Iqtisod fakulteti dekani Šuburt Tomàs , kafedra mudiri muovini Karel Tomšiklar bilan talabalarning iqtisod va informatika fan yoʻnalishlarida  qisqa muddatli akademik almashinuvlarini yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekiston Milliy universitetining talabalarini 2024-yil Praga shahrida oʻtkazilishi kutilayotgan summer school programmalarida ishtirok etishlarini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Michal Lošťák bilan uchrashuvda kelgusida professor-oʻqituvchilarning stajirovka jarayonlarini yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda xalqaro konferensiyalar tashkil etishga kelishib olindi.




Xalqaro aloqalar bo’limi