BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida e’lon qilingan bo‘lib, mamlakatimizda keng nishonlanib kelmoqda.
O‘zbekiston Milliy universitetida ushbu sana munosabati bilan “Olima ayollar – millat kelajagining tarbiyachisi” mavzusidagi xotin-qizlar respublika forumi o‘tkazilmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi hamda universitet xotin qizlar kengashi hamkorligida tashkil etilgan forumda respublikamizning yetakchi olimalari bilan bir qatorda yosh iqtidorli xotin-qizlar ham qatnashmoqda.
Mazkur forumda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ham ishtirok etib, xotin-qizlar, olima ayollarning mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, o‘zbek ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotganini alohida ta’kidladi.