Rossiyaning N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universiteti vakillari OʻzMUga tashrif buyurishdi.


Tashrif rus va ingliz tillari boʻyicha bakalavriat bosqichi talabalari uchun oʻtkaziladigan Xalqaro olimpiada doirasida amalga oshirildi.

OʻzMU Xorijiy filologiya fakultetida olimpiadaning birinchi kuni boshlanganligi va ishtirokchilar toʻgʻrisidamaʼlumotlar berib oʻtildi.
Mazkur Olimpiada gʻoliblari N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universitetiga bepul oʻqishni davom ettirish imkoniyatiga ega boʻlishlari taʼkidlandi.

Shuningdek, olimpiadaning navbatdagi bosqichlari onlayn davom etishi bildirildi.

Uchtashuv yakunida delegatsiya aʼzolari Rossiyaning N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod tilshunoslik davlat universiteti rektorining Oʻzbekiston milliy universiteti rektori Inom Madjidovga, xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova hamda xorijiy filologiya fakulteti dekani Habibulla Bakiyevlarga mazkur tadbirni tashkil etishda yaqindan koʻmaklashganliklari uchun rektorning tashakkurnomalarini topshirdilar.



Xalqaro aloqalar bo’limi