Barhayot siymolar

O‘zbekiston Milliy universitetida ulug‘ mutafakkirlar – Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Alisher Navoiy va Bobur tavalludi munosabati bilan 4-talabalar turar joyida yashovchi Jurnalistika va O’zbek filologiyasi fakultetining faol talabalari tomonidan “Barhayot siymolar” nomli ma’naviy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi.

Tadbirda fakultetlarining kengash raislari so’zga chiqib, talaba-yoshlarga ulug‘ ikki ajdodlarimizning buyuk merosi, shuningdek, allomalarning hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarida aks etgan vatanparvarlik g‘oyalari haqida ma’lumot berdilar.

Jurnalistika va O’zbek filologiyasi fakultetlarining talabalari tomonidan ulug‘ ijodkorlarning mumtoz g‘azallari o‘qib eshittirildi, shoh asarlari asosida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.