Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo bo‘yicha 11-Xalqaro “Fujayra Open” turniri bo‘lib o‘tdi.
Terma jamoamiz musobaqada 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 10 ta medalni rasmiylashtirdi.
Quvonarlisi, finalda g’alaba qozongan olti nafar sportchi orasida O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari, jumladan, Ulug’bek Rashitov (-74 kg), Diyorbek To’xliboyev (-68 kg), Jahongir Xudoyberdiyevlar (-54 kg) ham bor.
Yangi tarix yaratayotgan taekvondochilarimiz, ularning ustoz va murabbiylarini ushbu natija bilan tabriklaymiz!