Iqtisodiyot fakultetida xalqaro konferensiya o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakultetida Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti hamda Tver davlat universiteti bilan hamkorlikda “Ta’limni bashorat qilish: kelajak o‘qituvchisi portreti”, “Zamonaviy ta’lim maydonida kelajak iqtisodchilari uchun asosiy fanlarni o‘rgatish” mavzusida Xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu ilmiy anjumanda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida asosiy iqtisodiy fanlarni o‘qitishda mualliflik yondashuvlari, texnologik va jahon iqtisodiy tuzilmalarining o‘zgarishi sharoitida “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘qitishning dolzarb masalalari, “Milliy iqtisodiyot” kursining o‘ziga xos xususiyatlari: bakalavr va magistrlarni tayyorlash samaradorligi muammolari, Rossiya jamiyatining qadriyatlar tizimi sifatida «Milliy iqtisodiyot» kursini o‘qitish tushunchalari, nazariyasi va usullari muhokama qilindi.