Oʻzbekiston Milliy universitetida Turkiyaning Baxcheshexir (Bahcesehir University — BAU) universiteti professori, f.-m.f.d., Choriyor Ashuraliyev Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti “Hisoblash matematikasi va axborot tizimlari” kafedrasida oʻqituqchi sifatida 2023-yil noyabr oyidan boshlab faoliyat olib bormoqda.
Bugun 1-fevralda 1-kurs Amaliy matematika magistratura mutaxassisligi talabalariga Teskari masalalarni taqribiy yechish metodlari mavzusida maʼruza oʻqidi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki xorijlik professor-oʻqituvchilarni Oʻzbekiston Milliy universitetiga jalb qilish borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va ularning natijasi oʻlaroq oʻtgan 2023-yilda eʼlon qilingan Osiyo universitetlari reytengida Oʻzbekiston Milliy universiteti mazkur koʻrsatgich boʻyicha 90-oʻrinni egalladi
Xalqaro aloqalar bo’limi