Talaba-yoshlarda vatanimiz tarixini, shu jumladan, o‘zbek davlatchiligi va milliy parlamentarizmning rivojlanish tarixini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ommalashtirish maqsadida O‘zMU Tarix fakultetida “Iqtidor” lider yoshlar klubi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Klub a’zolari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tanishtiruv sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida talabalar Senat faoliyati, senatorlarning ish jarayonini guvohi bo‘lishdi. Ular bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatining Fan, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi Odiljon Iminov bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Senatorlar va yoshlar uchrashuvlari, muloqotlarini doimiy o‘tkazib borishga kelishildi.