Belgiyalik talaba OʻzMUda.


Maʼlumki, OʻzMU va Belgiyaning Mons universiteti oʻrtasida 2022-yilda akademik mobillik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur mobillik doirasida shu kunga qadar 6 nafar belgiyalik talabalar Xorijiy filologiya fakultetiga tahsil olib ketishdi.

2024-yil uchun navbatdagi akademik almashinuv doirasida ikkinchi semestrni rus filologiyasi yoʻnalishida davom ettirish maqsadida Mons universitetining tarjima yoʻnalishi talabasi Mayol Shabar bugun, 1-fevral kuni OʻzMUga tashrif buyurdi.

Tashrifning birinchi kuni xorijlik talabaga universitet ichki tartib qoidalari tushuntirildi va shart-sharoitlar tanishtirildi. Mayol Shabar 6 oy davomida OʻzMUda akademik mobillik dasturi doirasida oʻqishini davom ettiradi.





International Relations Department