Xitoyda o’tayotgan ta’lim forumining ikkinchi kuni davom etadi

Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumining ikkinchi kunida O‘zbekiston Milliy universiteti hamda sport faoliyati sohasida eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalaridan biri – Tyanszin sport universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Unga ko‘ra, sport faoliyati sohasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.

O‘zMU rektori Inom Madjidov Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan suhbatlashdi. Ularning ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyat tiladi hamda universitet bilan hamkorlik qilishga chaqirib, zarur imkoniyatlar yaratgan holda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, rektor I.Madjidov Xitoy telekanallarining biriga Xitoy-O‘zbekiston ta’lim forumining amaliy ahamiyati, o‘zaro hamkorlik istiqbollari haqida intervyu berdi.