O‘zbekiston-Xitoy ta’lim foruminining ikkinchi kun yig‘ilishini Tyanszin shahar qo‘mitasining ta’lim bo‘yicha ishchi qo‘mitasi kotibi Lyu Iman hamda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ochib berdi.

Tadbir davomida Tyanszindagi ta’lim bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda resurslarni to‘g‘ri taqsimlash, professional ta’lim tizimini rag‘batlantirish, «Lu Ban» ustaxonasini O‘zbekistonda ochish, Tyanszindagi ilg‘or texnologik laboratoriyalar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Shuningdek, Tyanszinda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon professional ta’lim konferensiyasiga barcha respublika OTMlari ishtirok etish uchun taklif etildi.

Tadbir natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tyanszin shahrida joylashgan OTMlari o‘rtasida turli sohalarga doir 40 ta ikki tomonlama shartnomalar imzolandi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot orqali qator kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi Tyanszinda ta’lim olayotgan talabalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan yakunlandi.