Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabriklayman.
Mamlakat taraqqiyoti, yurt tinchligi, millat kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashash, sarhadlarimiz mustahkamligi, xalqimizning osuda va farovon hayoti yoʻlida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga xayrixoh boʻlish, xizmat vazifamizni sidqidildan, mas’uliyat bilan bajarish muqaddas burchimizdir.
Talaba-yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik, yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʻshib kelayotgan barcha professor-oʻqituvchilarimizga ham ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.
Yana bir bor barchangizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana bilan tabriklayman. Kuch-gʻayratingiz, sha’nu sharafingiz yanada ziyoda boʻlsin!