Xalq va armiya – bir tanu bir jon!

O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir talabalar shaharchasidagi Beruniy maydonida o‘tkazilgan harbiy paraddan boshlanib, unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda universitet qoshidagi harbiy tayyorgarlik o‘quv markazi rahbar-xodimlari, tegishli mas’ullar va harbiylar ishtirok etdi.