2024-yildaye boshlab Tojikiston Davlat huquq, bisnes va siyosat universiteti bilan akademik mobillik dasturi doirasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Bugun Oʻzbekiston Milliy universitetiga akademik almashinuvning ilk vakillari yetib keldi.
Tojikistonlik talabalar bilan davra suhbati tashkil etilib, universitetda xorijiy talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va bir semestrga kelgan xorijlik talabalarning vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Umid qilamizki, Oʻzbekiston Milliy univsersiteti va Tojikiston Davlat huquq, bisnes va siyosat universiteti oʻrtasidagi bu almashuniv davomiy boʻladi.
Xalqaro aloqalar bo’limi