Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy talabalar tahsil oladigan 1-sonli talabalar turar joyida Yangi yil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.
Rektor boshchiligida universitet rahbariyati 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar bilan samimiy muloqot qilishdi. Universitet rektori talabalarni bayram bilan qutlab, ularga kirib kelayotgan yangi yil kattadan-katta muvaffaqiyat va zafarlar olib kelishini tiladi.
1-sonli TTJda yashayotgan xorijiy talabalar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tortildi, shuningdek, har bir talabaga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.