O'zMUda «Inson huquqlari bilimdoni – 2023» ko'rik-tanlovi o'tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan “Inson huquqlari bilimdoni – 2023” ko‘rik-tanlovi universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda “Eng yaxshi inson huquqlari bilimdoni”, “Eng yaxshi inson huquqlari universal shartnomalari bilimdoni”, “Eng yaxshi inson huquqlari sohasidagi qonunchilik takliflari”, “Eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Unda 50 ga yaqin talabalar ishtirok etdi va nominatsiyalar bo’yicha test, esse, yozma ish, taqdimot shartlarini bajarishdi. Ishtirokchilar soha olimlari va mutaxassislar tomonidan baholab borildi.