O’zbekiston Milliy universitetida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan Ijtimoiy fanlar fakulteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi va kafedra iqtidorli talabalari tashabbusi bilan fakultet talabalari o’rtasida “Inson huquqlari bilimdonlari” ko’rik-tanlovi o‘tkazildi.
Unda 16 ta jamoadan 102 nafar talabalar ishtirok etdi. Ikkita tur natijalariga ko’ra yuqori ball to’plagan 8 ta jamoa (48 nafar talaba) final bellashuviga yo’llanma oldi.
Finalda ishtirokchilarning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan me’yorlar bo‘yicha bilimlari baholandi.