Nogironligi bo‘lgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatini yuzaga chiqarish, intilishlariga rag‘bat berish maqsadida O’zbekiston Milliy universitetining Tarix fakultetida 13-noyabr – Xalqaro ko‘zi ojizlar hamda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “O‘zbekistonda hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi» shiori ostida intellektual turnir tashkil etildi.
Ushbu turnir doirasida universitetning turli fakultetlarida tahsil olayotgan nogironligi mavjud 300 dan ortiq imkoniyati cheklangan talabalar “Shashka” musobaqasi va «Zakovat» intellektual o’yinlarida faol ishtirok etdi.