O’zMU talabalari matematika bo’yicha o’tkazilgan xalqaro olimpiadada 4 ta medalga ega chiqdi

Ayni vaqtda Nukus shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida matematika fanidan o’tkazilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi birinchi Xalqaro olimpiadada O’zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti talabalaridan iborat terma jamoa fakultet o’qituvchilari Suqrotbek Qurbonboyev, Javohir Usmonov murabbiyligida muvafaqqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin,  2 ta kumush hamda 1 ta bronza medal bilan taqdirlanishdi:

Nabixon Nabixonov (oltin);
Jahongir Norboyev (kumush);
Gulayim Aytjanova (kumush);
Farruh Mahmudov (bronza).

Ushbu xalqaro olimpiadada O’zMU jamoaviy hisobda 3-o’rinni egalladi.

🏵 Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz.