Bugungi kunda, yurtimiz vakillari Olimpiya, Jahon va Osiyo oʼyinlari hamda nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishib kelmoqdalar. Jumladan, respublikamizda Taekvondo WT sport turi jadal ravishda rivojlanib, yoshlar oʼrtasida yanada ommalashib borayotgani ayniqsa eʼtiborlidir.
2021 yilning 16-18 iyunь kunlari Beyrut (Livan) shaxrida Taekvondo va Partaekvondo boʼyicha 24-Osiyo chempionati boʼlib oʼtdi. Unda Oʼzbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qoʼlga kiritdi va umumjamoa hisobida Osiyo chempionatida faxrli ikkinchi oʼrinni egalladilar.
Dastlab, ParTaekvondochilarimizdan Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan, Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti 3-kurs talabasi Sanjar Muxtorov faxrli 3-oʼrinni egallab, nufuzli musobaqa sovrindorligini qoʼlga kiritgan boʼlsa, Osiyo chempionatining dastlabki kunidan Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvando va sport faoliyati fakulьtetining talaba-yoshlari Shoxsanam Аʼzamova (3-kurs)-bronza, Mannapova Madina (2-kurs)-kumush, Jaysunov Jasur (2-kurs) – bronza, Tusmatov Shaxboz (3-kurs) – bronza medallarini qoʼlga kiritishdi.
Quvonarlisi, Oʼzbekiston Milliy universitetining 3-kurs iqtidorli sportchi talabasi Shoxsanam Аʼzamova musobaqaning eng yaxshi sportchisi (Best athlete) deb, tan olinishi aloxida taxsinga sazovor xisoblanadi.
Maʼlumot uchun: Shoxsanam Аʼzamova – 46kg vazn toifasida nimchorak finalda pokistonlik raqibasini 45:8 hisobida magʼlub etdi. Chorak finalda hamyurtimiz iordaniyalik Аnvar Аl Zyyudni 16:15 hisobida taslim qildi. Yarim finalda Shoxsanam eronlik taekvondochiga imkoniyatni boy berib qoʼydi va bronza medalini qoʼlga kiritdi.
Osiyo chempionatining yakunlari boʼyicha Oʼzbekistonlik taekvondochilarimiz 3 ta oltin, 1ta kumush va 6 ta bronza jami 10 ta medalni qoʼlga kiritib, umumjamoa hisobida Osiyo chempionatida ikkinchi oʼrinni egalladilar.
Talabalarimizning yutuqlari bilan universitet jamoasini, ota-onasi va ustozlariga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
OʼzMU Аxborot xizmati