Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Munozara» turnirining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda respublikadagi 8 ta oliy ta’lim muassasalaridan kelgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi.
Natijalarga ko’ra O’zbekiston Milliy universiteti jamoasi mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi. Toshkent kimyo texnologiyalar instituti hamda Toshkent davlat texnika universiteti jamoalari 2- va 3-o’rinlarga sazovor bo’ldi.