2022 yilning 6-aprel kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetiga Qozogʼistonning Аl-Farobiy universiteti prorektorlari Mukanov Kanatbek Nurtazinovich va Mexmet Аrslan tashrif buyurdi. Uchrashuv chogʼida Kanatbek Nurtazinovich Аl-Farobiy universiteti toʼgʼrisida va soʼnggi yillardagi erishilgan yutuqlar xususida qisqacha maʼlumot berdi. Shu bilan birga, ikkala universitet vakillari aloqalarni yanada rivojlantirish hamda strategik hamkorlar darajasiga erishish borasida fikrlar almashdilar.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/03/image-441.png)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/03/image-442.png)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/03/image-443.png)