Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Bayrog`imiz 30 yoshda» shiori ostidagi bayram tadbirlari Oʻzbekiston Milliy universitetiga qarashli barcha talabalar turar joylarida davom etdi. Tadbirda soha prorektorlari, fakultet dekanlari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi masʼullari, dekan o’rinbosarlari, tarbiyachi pedagoglar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida rasm chizish musobaqalari hamda #bayrogʻim30 shiori ostida turli heshteglar uyushtirildi. Shuningdek, bayram tadbirlari davomida ona vatanimiz, milliy bayrogʼimiz, shuningdek, milliy ramzlarimizni tarannum etgan ijodkor yoshlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.
O’zMU Axborot xizmati