Biologiya fakultetida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar


Joriy yilning 27 fevral kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Biologiya fakultetida  “Адаптация агросферы к изменению климата. Интеграция образования науки и производства” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod Viloyati Qishloq Maslahat Xizmati tashkiloti  olimlarni bilan birgalikda bir qator soha olimlari Guliston davlat universiteti, Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Qarshi davlat universiteti olimlari hamda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Shirinova Raima Hakimovna, Biologiya fakulteti dekani Abdraxmanov Toxtasin, AgroEkoBiotexnologiya markazi rahbari – Gafurova Lazizakhon Akramovna va professor-oʻqituvchilar hamda doktorantlar, talabalar ishtirok etishdi

Professor Gafurova Lazizakhon Akramovna “Iqlim o‘zgarishi sharoitida degradatsiyaga uchragan tuproqlarni unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar” mavusida hamda bir qator olimlarimiz ma’ruzalar bilan qatnashdilar.

Tashrif yakunida xorijdan kelgan delegatsiya vakillari bilan O‘zMU mas’ul fakultet hodimlari kelajakda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va boshqa istiqbolli masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.      





XALQARO ALOQALAR BO`LIMI