Ayni vaqtda poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida daho shoir va mutafakkir, buyuk davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda.
Mavzkur tadbirda keng jamoatchilik vakillari, vazirlik va idoralar, madaniyat va san’at sohasi fidoyilari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, yozuvchi va shoirlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jamoasi ham adabiyot sarboniga bag‘ishlangan ushbu izdihomda qatnashmoqda.