Bugun, 8 fevral kuni Bolgariyaning Sofiya shahridadagi Milliy va jahon xo‘jaligi universiteti rektori Dimitar Dimitrov boshchiligidagidelegatsiya universitetga ashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Inomjon Madjidov , Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova hamda Uslubiy taʼminlash va taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘yicha prorektor Ravshan Musurmonovlar kutib oldilar.
Uchrashuv davomida ikki oliy taʼlim muassasasi vakillari Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va o‘qituvchilarning almashinuvini yo‘lga qo‘yish va kelgusida turizm sohasida o‘quv taʼlim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda professor-o‘qituvchilarning stajirovkalarini tashkilqilish borasida fikr almashishdi.
Ushrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ilk bosqichi sifatida anglashinuv memorandumini imzolashga kelishiib oldilar.
Xalqaro aloqalar bo’limi