Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

    O’zbekiston Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarida faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida»gi PQ-3775-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 iyuldagi «Mirzo Ulugbek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining Jizzax filialini tashkil etish to’g’risida»gi 563-sonli Qarori asosida hududda ta’lim tarbiya jarayonini psixologik qo’llab quvvatlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash maqsadida tashkil etilgan.

  Hozirda filialda 2 ta «Psixologiya» va «Amaliy matematika» fakultetlari negizida 8 ta «Psixologiya», «O’zbek tili va adabiyoti», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar», «Amaliy matematika», «Iqtisodiyot», «Kompyuter ilmlari va dasturlash», «Biotexnologiya» kafedralari faoliyat olib bormoqda.

  Filialda bugungi kunda 12 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, Rossiya federatsiyasining Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 qo’shma ta’lim dasturi asosida «Psixologiya» yo’nalishi bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.