O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5032- sonli qarori 39-bandida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 5 oktyabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi 446-son Buyrug‘i bilan Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti yuridik shaxs maqomisiz tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 28 maydagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi VQL-4704/21-4 sonli Qarori bilan Nazariy fizika institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilgan.
Nazariy fizika institutida 3 ta nazariy fizika sohalarida (kvant maydonlari nazariyasi, qattiq jismlar nazariyasi va nazariy astrofizika) faoliyat olib borilmoqda, jumladan 10 ta ilmiy xodim, ulardan 3 ta akademik, 5 ta fan doktori (DSc), 2 ta fan nomzodi (PhD) faoliyat yuritmoqda. Institut nazariy fizikaning yuqori energiyalar fizikasi va elementar zarralar, yadroviy fizika va astrofizika, relyativistik astrofizika va gravitatsiya, kondersirlangan holat va nochiziqli fizika, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarining muammolari bo‘yicha yuqori malakali mutaxasisslar va ilmiy kadrlar tayyorlash Markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.09 raqamli ilmiy kengash fizika-matematika fanlari bo‘yicha 01.04.02-nazariy fizika ixtisosligidan doktorlik (fan doktori va falsafa fanlari doktori) dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilib va himoyalarni amalga oshirmoqda. Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda institut tashkil qilinganidan beri qisqa davrda (2023 y. noyabrdan boshlab) 4 ta fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa va fan doktorlari tayyorlandi. Nazariy fizika institutida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida quyidagi ilmiy loyiha bajarilmoqda.
ALM-202310062528 sonli “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” loyihasi («Prikladnыe aspektы sovremennoy peredovoy fiziki»). Ilmiy rahbar – akademik Axmedov Bobomurot Juraevich. Loyiha bo‘yicha 2024 yilda 30 ta ilmiy ish, jumladan 20 maqola (20 ta xorijiy ilmiy jurnallarda shundan 20 ta Scopus bazasiga kiritilgan jurnallarda) va xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda 10 ta tezis nashr qilingan. Nazariy fizika institutida 2024 yilda O‘zR VM huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2 ta EHM va mobil dasturlar guvohnomasiga arizalar berildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika
ilmiy-tadqiqot institutida yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi tahlili
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika ilmiytadqiqot institutida 2023 yilda ALM-202310062528 sonli “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy
aspektlari” loyihasi doirasida 10 nafar ilmiy xodimlar faoliyat olib borib, shulardan 3 nafar akademik, 5 nafari fan doktori (DSc), professorlar, 2 nafari fan nomzodi (PhD) bo‘lib, ilmiy salohiyat 70 % ni tashkil yetgan. 2023 yilda Institutning 1 nafar ilmiy xodimi PhD ilmiy darajasini olgan.
2024 yilning 1 iyun holatiga ko‘ra institutda ALM-202310062528 sonli “Zamonaviy ilg‘or fizikaning amaliy aspektlari” loyihasi doirasida 10 nafar ilmiy xodimlar faoliyat yuritgan. Institutda bugungi kunda, jami 10 nafar xodimlar faoliyat olib borib, 3 nafar akademik, 5 nafari fan doktorlari (DSc) va professor, 2 nafari falsafa doktorlari (PhD) (fan nomzodlari) faoliyat yuritadi va ilmiy salohiyat 70 % tashkil yetmoqda.
Institutning 7 nafar xodimida Xirsh indeksi mavjud, jumladan (Scopus bo‘yicha): h=14 (akad. Musaxanov M.M.), h=43 (akad. Axmedov B.J.), h=38 (akad. Abdullaev F.X.), h=17 (prof. Bayzakov B.B.), h=14 (f-m.f.d. Narzilloev B.M.), h=4 (f-m.f.n. Raxmatov A.S.), h=5 (f-m.f.n. Tojiev S.R.).
Institut 1 amaliy loyiha bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Natijadorlik: Institut tashkil topgandan beri xorijiy jurnallarda 20 ta ilmiy maqola (jumladan Scopus bazasida 20 ta) chop yetilgan. Anjumanlarda jami 10 ta tezis (jumladan halqaro 10 ta) chop yetilgan.
Iqtiboslar soni (2023-2024 y.y.): Scopus – 2000, Google scholar – 2157. 2023 yil oktyabr oyida “New trends in theoretical physics” Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
2024 yil may oyida “International Sonference in Theoretical Physics and Astrophysics” Xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘tkazildi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.09 raqamli ilmiy kengash fizika-matematika fanlari bo‘yicha 01.04.02-nazariy fizika ixtisosligidan doktorlik (fan doktori va falsafa fanlari doktori) dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilib va himoyalarni amalga oshirmoqda.