Kafedra mudiri

MATYAKUBOV ALISHER SAMANDAROVICH
MATYAKUBOV ALISHER SAMANDAROVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

A.S.Matyakubovning ilmiy ishlari nodivergent ko‘rinishdagi nochiziqli parabolik sistemalarni o‘rganishga katta hissa qo‘shgan. A.S.Matyakubov 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan, 2 ta monografiya va 2 ta o‘quv qo‘llanma muallifi.
    M.Aripov rahbarligida 2010-yilda “Kleyn-Gordon tipidagi tenglamalar va sistemalarning asimptotikasi va sonli yechimi” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini, 2020-yilda esa “Pаrаbolik tipdаgi nodivergent nochiziqli sistemаlаr bilаn ifodаlаnuvchi jаrаyonlаrni sonli modellаshtirish” mavzusida doktorlik (DSc) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
    2021-yil fevral oyidan buyon A.S.Matyakubov O‘zbekiston Milliy universiteti “Amaliy matematika va kompyuter tahlili” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
    Mazkur kafedra prof. M.Aripov tashabbusi bilan 1978 yilda “EHM va dasturlash” nomli kafedra sifatida tashkil topgan bo‘lib, keyinchalik “Informatika va tatbiqiy dasturlash” (1995-2016-yillar) va hozirda universitet Kengashining 2016-yil 25-maydagi qaroriga muvofiq – “Amaliy matematika va kompyuter tahlili”  nomi bilan faoliyat olib bormoqda.
    Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 3 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodi va bir qator yosh o‘qituvchilar ishlamoqda.
    Kafedrada chiziqsiz muhitda jarayonlarning tadqiqoti (sonli, avtomodel), axborot tizimlari, axborotlarni himoya qilish, kriptografiya, masofaviy ta’lim usuli va vositalarini ishlab chiqish, interval usullar va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha izlanishlar olib boriladi.

Kafedra tarkibi

ARIPOV MERSAID XXX

Aripov Mersaid Xxx

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
ABDURAXIMOV BAXTIYOR FAYZIYEVICH

Abduraximov Baxtiyor Fayziyevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
MAMATKULOVA MUYASSAR SHAVKATOVNA

Mamatkulova Muyassar Shavkatovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XAYDAROV ABDUGAPPAR XXX

Xaydarov Abdugappar Xxx

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
KABILJANOVA FIRUZA AZIMOVNA

Kabiljanova Firuza Azimovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XAJIYEV IKROMBEK OZODOVICH

Xajiyev Ikrombek Ozodovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
XODIYEV SHUXRAT ILXAMOVICH

Xodiyev Shuxrat Ilxamovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
TILLAYEV AZAMAT IBRAGIMOVICH

Tillayev Azamat Ibragimovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
NURUMOVA AZIZA YUSUPBAYEVNA

Nurumova Aziza Yusupbayevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
AXMEDOVA KUNDUZ SAMATOVNA

Axmedova Kunduz Samatovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XOJIYEV TOJI KOYIROVICH

Xojiyev Toji Koyirovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
NAZIROVA DILOROM XUSNUTDINOVNA

Nazirova Dilorom Xusnutdinovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XUDAYBERGANOV YASHIN KAMILOVICH

Xudayberganov Yashin Kamilovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TULAGANOV ZAKIR SHAKIROVICH

Tulaganov Zakir Shakirovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ALLABERDIYEV BOBUR BAXTIYOROVICH

Allaberdiyev Bobur Baxtiyorovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
RO‘ZIMATOV JAHONGIR ADHAM O‘G‘LI

Ro‘zimatov Jahongir Adham o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
JO‘RAYEVA DILDORA SHUHRAT QIZI

Jo‘rayeva Dildora Shuhrat qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Kafedra a’zolari tomonidan xo‘jalik shartnomalari asosida bir qancha shartnomalar bajarilgan va ilmiy izlanishlar natijalari hayotga tatbiq etilgan. Masalan, TashTransGaz, Astronomiya instituti, Elektronika instituti, MDU,  Sankt-Peterburgdagi FOTON IChB,  ASU “Malika”, ASU “Tashgramplastinka” va boshqalar. Prof. M.Aripov rahbarligida ASU VUZ ishlab chiqildi va respublikamizning bir qator OTMlarida (SamDU, FarPI, BuxDU) ishga tushirilgan.

2000 – 2020 yillar davomida kafedrani 100 dan ortiq magistrlar bitirib, hozirda respublikaning barcha viloyatlarida, ishlab chiqarishning turli sohalarida (maktab, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, moliya, soliq va bank tizimlari, ichki ishlar vazirligi, mudofaa vazirligi va x.k.) mehnat qilmoqdalar.

XXI asrda kafedrada bajarilgan ilmiy loyihalar:

2003 yildan 2005 yilgacha – «WEB-mijoz-server texnologiyalariga asoslangan ta’lim gipertizimi» (rahbar M.Aripov);

2003 – 2007 yy. – «Multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda diffuziya jarayonlarini kompyuter simulyatsiyasi» (rahbar prof. M.Aripov);

2003 – 2007 yy. – «Yuqori tartibli differensial-operator tenglamalari uchun nokorrekt qo’yilgan chegaraviy masalalar» (rahbar prof. Q.S.Fayazov);

2005 – 2008 yy. – Tempus JEP 25-221-2004COCUZ xalqaro granti – “O‘zbekiston universitetlarida kimyoga yo‘naltirilgan kompyuter ilmi asosida magistrlar tayorlash” – Vena instituti, Myunxen Texnika universiteti, DANUBE va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda (rahbar prof. M.Aripov);

3 ta magistratura studentlari o‘zining magistrlik dissertasiyalarini Myunxen universitetida (Germaniya) bajarishdi. Mazkur loyiha asosida zamonaviy kompyuterlar va server hamda ikkita rangli printer bilan jihozlangan ikkita kompyuter sinfi ochildi. Shu grant asosida amaliy matematika va informatika sohasida 150 tadan ortiq adabiyotlar olindi va talabalar ixtiyoriga berildi. Kafedramizda o‘z ichiga 50 000 tadan ortiq adabiyotlarni olgan elektron kutubxona tizimi yaratilib, universitet lokal tarmog‘i orqali foydalanishga topshirildi.

2004  2006 yy. – “Diffuziya-reaksiya tipidagi masalalarni kompyuterda modellashtirish” (yoshlar granti, rahbar A.S.Matyakubov);

2007 – 2011 yy.– «Kompyuterda modellashtirish, reaksiya-diffuziya va Kleyn-Gordon kabi tenglamalar va tizimlar tomonidan tasvirlangan chiziqli bo’lmagan jarayonlarni vizualizatsiya qilish, differensial tenglamalar uchun nokorrekt va teskari masalalar» (rahbar – prof. M.Aripov) Rossiya-O‘zbekiston granti;

2009 – 2012 yy. –158918-TEMPUS-12009-1-AT-TEMPUS-JPCR CANDI: “Elektron ta’lim va qayta tayyorlash uchun ta’lim kompetensiyalari va infratuzilmasi” xalqaro grant (rahbar prof. Aripov M.M.);

Hamkorlar – Angliya ochiq universiteti, Vena universiteti, Vena texnika universiteti, Myunxen texnika universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya  instituti, Urganch davlat universiteti, Qozog‘iston milliy universiteti, xalqaro Qozoq-Turk universiteti.

2012-2013 yy. –“Kоlmоgоrоv-Fishеr tipidаgi biоlоgik pоpulyatsiya sistеmаlаrini sоnli mоdеllаshtirish”. (rahbar dots. Sh.A.Sadullaeva) yoshlar granti;

2013 – 2015 yy. – UZWATER, Tempus granti (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2017 yy.  А-5-44 “Kolmogorov-Fisher tipidagi nochiziqli biologik populyatsiya sistemalarini sonli modellashtirish” (rahbar prof. Aripov M.M.);

2014-2017 yyF-4-30 “Operator tip koeffisientli differensial-operator tenglamalar uchun ichki va chegaraviy masalalar” (rahbar prof. K.Fayazov);

2015-2016 yyI-2015-4-9 “E-HOSPITAL” Korporativ tibbiy axborot tizimi”. (rahbar prof. Aripov M.M.);

2015-2016 yyI-2015-4-10/1 Oliy ta’lim muassasalari reytingini hisoblash axborot tizimini yaratish. (Rahbar: Matyakubov A.S.);

2017-2020 yy. Ikki marta nochiziqli kross-sistemaning manba, konvektiv ko‘chish, o‘zgaruvchan zichlik, manba yoki yutish ta’siridagi sifat xossalarini tadqiq qilish. (Rahbar: prof. Aripov M.).

Xalqaro hamkorlik

Kafedra professor-o‘qituvchilari xorijiy nufuzli ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar qilish bilan bir qatorda, AQSh, Germaniya, Angliya va Yaponiya kabi juda ko‘p xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish masalalariga ham e’tibor berib bormoqda. Bu borada Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya) kabi xorij mamlakatlari bilan ham yaxshi aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedrada ilmiy izlanishlar bo‘yicha Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Mets (Fransiya), Medison (AQSh), Belfast, London (Angliya), Gettingen (GFR), Fukuoka (Yaponiya), Kuala-Lumpur (Malayziya), Firat (Turkiya), Piteshti (Ruminiya), Syurix (Shveysariya), Vena(Avstriya), Myunxen (GFR) va boshqa bir qancha shaharlardagi ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Prof. M.Aripov Piteshti (Ruminiya), Mes, Fransiya, Uxan (XXR), Medison (AQSh), Firat (Turkiya), Olmoniya, Putra (Malayziya), Syurix (Shveysariya) universitetlarida ilmiy ma’ruzalar qilgan. Matematiklarning butunjahon kongressida (Berlin) ilmiy ma’ruzalar bilan chiqqan va majlislarida raislik qilgan. U Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropadagi “Matematika” hamda Germaniyadagi “Amaliy matematika va mexanika” jamiyatlarining a’zosidir. U “Who is Who” hamda “2000 butun dunyo intelektuallari” ro‘yxatiga kiritilgan.

Kafedra faoliyati davrida prof. M.Aripov boshchiligida 10 ta xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar (OS, EHMning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi, Bosh konstruktorlar majlisi, Amaliy matematika va informatsion texnologiyalarning dolzarb muammolari – Al-Xorazmiy 2009, 2012, 2014, 2016, 2019, 2021) o‘tkazilgan.

Kafedra tomonidan 2021 yil 19-21 noyabr kunlari “Zamonaviy matematika va uning tatbiqlari” (ICCMA2021) nomli xalqaro ilmiy konferensiya yuqori darajada tashkilashtirilib o’tkazildi. Konferensiyada Saudiya Arabistoni, Misr, Rossiya, AQSh, Qozog‘iston, respublikadagi oliy o‘quv yurtlari va qator ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, jumladan yosh olimlar, magistrant va talabalar ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar, ilmiy munozaralarda faolllik namoyish qildilar.

Konferensiya ishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari va doktorantlaridan 234 ta (jumladan 57 ta yosh olimlar va tadqiqotchilar hamda 31 ta magistr), Qozog‘iston Respublikasidan 4 ta, Rossiya Federatsiyasidan 4 ta, Saudiya Arabistonidan 2 ta, Misrdan 3 ta, AQShdan olimlar ishtirok etishdi.