Kafedra mudirlari: prof. Alekseev D.V. (1927-1930), prof. Kolosovskiy N.A. (1930-1936), prof. Usanovich M.I. (1936-1944), prof. Udovenko V.V. (1944-1952), akad. Usmonov H.U. (1953-1972), prof. Tillaev R.S. (1972-2005), prof. Akbarov X.I. (2005-2010), dos. Sagdullaev B.U. (2010-2012), Yunusov F.U. (2012-2013), prof. Xoliqov A.J. (2013-2014), dos. Muxtarov A.P. (2014-2015), dos. Sagdullaev B.U. (2015-2017), prof. Akbarov X.I. (2017 yildan hozirgi vaqtgacha).
Kafedrada “Kimyo” bakalavriat yo‘nalishiga “Fizikaviy kimyo”, “Kolloid kimyo”, “Kvant kimyosi va kvant mexanikasi”, “Modda tuzilishi” fanlaridan darslar olib borilsa, “Neft va gaz kimyosi”, “Tabiiy va fiziologik faol birikmalar kimyosi” va “Mahsulotlarning kimyoviy tahlili” yo‘nalishlariga “Fizikaviy va kolloid kimyo” kabi umumiy kurslardan ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Magistraturaning “Fizikaviy kimyo” va “Kimyo” mutaxassisliklariga “Kimyoviy termodinamika”, “Statistik termodinamika”, “Nomuvozanat jarayonlar termodinamikasi”, “Eritmalar termodinamikasi”, “Elektrokimyoviy jarayonlarning kinetikasi”, “Nanozarracha va nanokompozitsion materiallarning olinishi va xossalari”, “Sirt yuzasidagi hodisalar fizik-kimyosi” va qator tanlov fanlardan mashg‘ulotlor olib boriladi. Kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etilgan: Akad. Usmonov X.U. “Fizikaviy kimyo”, akad. Axmedov K.S. “Kolloid kimyo”, prof. Tillaev R.S. “Fizikaviy kimyodan misol va masalalar to‘plami”, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Tillaev R.S. lar hammuallifligida nashr qilingan “Fizikaviy kimyo” darsligi, prof. Akbarov H.I., dos. Sagdullaev B.U., prof. Xoliqov A.J. lar tomonidan tayyorlangan “Fizikaviy kimyo” darsligi 2 marta qayta nashr qilingan (2019, 2020) va Respublikadagi OTM larda asosiy darslik hisoblanadi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘plab o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar nashr qilingan.
Fizikaviy kimyo
Kafedra mudiri
AKBAROV XAMDAM IKRAMOVICH
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
Ilmiy-tadqiqot ishlari quyida yoʻnalishlarda olib boriladi: “Polimer eritmalarining molekulyar va konformasion tavsiflari va termodinamik xossalari”, “Zol- gel texnologiyasi yordamida olingan nanogibrid kompozision materiallarning fizik-kimyoviy xossalari”, “Elektrokimyoviy jarayonlarning kinetikasi va korroziya ingibitorlarining yangi avlodi”, “Nanomateriallar asosidagi fotokatalizatorlar” va “Kvant kimyoviy tadqiqotlar”. Kafedrada har yili 50 dan ortiq ilmiy ishlar chop etiladi. Oxirgi yillarda 6 ta patentlar olindi va 10 ga yaqin ishlanmalar amaliyotga joriy etildi (Shoʻrtan GKK, OTMK, NTMK, Navoiy elektrokimyo, Bekobod metallurgiya kombinati, Fargʻona NQIZ).
Xalqaro hamkorlik
- Belorus Respublikasining qator yetakchi OTM lari bilan hamkorlikda xalqaro ilmiy loyihalar bajarilmoqda. M.V.Lomonosov nomidagi MDU (prof. O.A.Shpigun, prof. V.D.Krasikov, prof. Zubov V.P.);
- Tbilisi Davlat universiteti (prof.Grigoriy Tatishvili);
- Qozog‘iston Milliy universiteti (akad. Bekturov E.A., prof. Kudaybergenov S.E.);
- Sankt-Peterburg. NPO “Plastpolimer” (Budtov V.N.); Yaponiyaning Kioto universiteti (prof.Nakanisi K.);
- Ukrainaning Kiev Milliy universiteti (prof.Zaysev V.N.);
- Brayunshveg texnika universiteti (Pyer Stolzenburg),
- XXR Tiyanzin universiteti (prof.Ji Xiao Vang),
- AQSh Buffalo universiteti (prof. Mark Svixart) lar bilan hamkorlikda bir qancha loyihalar bajarilmoqda.