Geokimyo va mineralogiya kafedrasining tarixi 1924 yildan boshlanadi. Professor A.S. Uklonskiy tashabbusi bilan 1927 yilda alohida Mineralogiya kafedrasi sifatida shakllangan va 1974 yilgacha kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.”Petrografiya” kafedrasi 1952 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1983 yilgacha E.M.Isamuxamedov mudirlik qilgan.
Mineralogiya kafedrasining asoschilari 1920 yilda MDU bitiruvchisi akademikA.S.Uklonskiy, petrografiya va litologiya kafedrasi – 1942 y. akademik V.I.Popovlar bo‘lgan.Ushbu kafedradan mineralogiya, geokimyo, petrografiya ixtisosliklari bo‘yicha V.I.Popov, I.X.Xamrabaev, T.N.Dalimovlar akademik unvonlariga ega bo‘ldi, 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi (R.I.Koneev, A.A.Koldaev, A.A.Kustarnikova, L.N.Lordkipanidze X.D.Ishbaev, R.T.Dalimov, R.A.Xalmatov va b.), 100 ga yaqin – nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Bitiruvchilar orasida aksariyati ishlab chiqarishda yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedradan yetishib chiqqan bitiruvchilar universitetda rektor (akad.T.N.Dalimov), prorektor, dekan (X.D.Ishbaev, E.E.Igamberdiev, A.Z.Umarov) lavozimlarida ish olib bordi.
So‘ngi 30 yil mobaynida kafedraga T.N.Dalimov, X.D.Ishbaev, R.I.Koneev, O.Qo‘shmurodov, A.Z.Umarov, K.K.Xoshjanvovalar mudirlik qilgan.
Zamonaviy talablarga muvofiq holda hozirgi kunda kafedralar birlashtirilib “Geokimyo va mineralogiya” kafedrasi nomi bilan yuritiladi.