O‘zbekiston Milliy universitetining 2017 yil 28 sentabrdagi 2-sonli Ilmiy Kengashida Ijtimoiy ish kafedrasi tashkil etilishi to‘g‘risida qaror qilinib, universitetning 2017 yil 21 oktabrdagi № 01-598 sonli bo‘yrug‘i bilan tashkil etildi.
2017 yilning 21 oktabridan boshlab kafedrada Ijtimoiy ish bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisliklarida kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilar talabalarga ta’lim berib kelmoqdalar.
Bugungi kunda kafedrada 1 fan doktori, 3 dotsent, 3 sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2 ta katta o‘qituvchi, 4 o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedraga sotsiologiya fanlari doktori, professor N.M. Latipova kafedra mudiri lavozimiga tayinlangan va hozirgi kunda faoliyat olib boradi.
Ijtimoiy ish kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Ehtiyojmand oilalar va bolalar bilan ijtimoiy ishning o‘ziga xosligi” ilmiy mavzusi ustida ish olib borishadi. Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilarining alohida o‘z ilmiy mavzulari bo‘lib, o‘z ijodiy ishlari bilan faoliyat olib boradi.