Kafedra mudiri

BABASHEV FARXAD AYTMURATOVICH
BABASHEV FARXAD AYTMURATOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan nomzodi, PhD

Ilmiy unvoni:

Datesent

Qabul kunlari:

Manzil:

Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

Kafedra tarixi

Ijtimoiy fanlar fakulteti tarkibidagi “Pedagogika” kafedrasi talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash, ya’ni pedagogik ishga tayyorlanganlikka qo‘yiladigan fundamental (dars berish mahorati; tarbiyalash mahorati; o‘quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta’minlaydigan shaxsiy sifatlar; ta’lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati) va ta’lim turiga ko‘ra alohida talablarga javob berishini ta’minlashdagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi asosiy bo‘linma sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra zimmasiga “Umumiy pedagogika”, “Obщaya pedagogika” fanlarini o‘qitish, “Fanni o‘qitish metodikasi” o‘quv modulini metodik ta’minlash, pedagogik amaliyot sifatini ta’minlashda ishtirok etish, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish kabi vazifalar yuklatilgan.

Kafedra tarixi O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining yo‘lboshchisi, XX asr o‘zbek milliy matbuoti va yangi usuldagi milliy  maktab yaratuvchisi, yangi  milliy  teatr  tashkilotchilaridan biri, adib, shoir, murabbiy, muharrir, ma’rifatparvar, jamoat arbobi Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li nomi bilan bog‘liq.

Kafedraga turli yillar mobaynida Abdulla Avloniy, dotsent Yusuf Toxiriy,  dotsent Arxangelskiy Nikolay Porfirevich (1960-1964 yy), professor Yusuf Umarov (1964-1971 yy), professor Raximjon Usmonov (1971-1985 yy), dotsent Leonid Petrovich Jdarkin (1985-1991 yy), dotsent Yodgorov Raxmonjon Yodgorovich (1991-1992 yy),  proffessor Naim Raximovich G‘aybullaev (1992-2004 yy), profesor Nurali Saydahmedov (2004-2006 yy), professor Qodirov Botir Raxmonqulovich (2006-2008 yy), dotsent Majidov Nabi Maxmudovich (2008-2014 yy), dotsent Dalimova Nilufar Meliboevna (2014-2016 yy), dotsent Mavlonov Mamadjon Mustafoevich (2016-2018 yy) rahbarlik qilgan.

Bu yillar davomida kafedra professor-o‘qituvchilari respublikaning barcha  ma’naviy-ma’rifiy hayotida faol ishtirok etib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelganlar. Pedagogika fanlari doktori, professor  N.G‘aybullaev rahbarlik qilgan davrda kafedrada 13.00.01-pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha o‘ziga xos ilmiy maktab yaratilib, uning 20 dan ortiq shogirdlari pedagogika fanlari nomzodi va pedagogika fanlari doktori ilmiy darajalarini olishga muvaffaq bo‘lgan.

2018 yildan boshlab universitetda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.28.12.2017.Ped.01.09-raqamli ilmiy kengash faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy va aniq fanlar) ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi kunda ushbu ilmiy kengash faoliyatida kafedra a’zolari samarali ishtirok etib kelmoqdalar (A.Askarov-ilmiy kengash kotibi, Sh.Abdullaeva-ilmiy kengash a’zosi, D.Maxmudova-ilmiy seminar a’zosi).

Bundan tashqari kafedra a’zolari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSc.27.06.2017.Ped.26.01 raqamli, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy-metodik markaz huzuridagi DSc.30.05.2018.Ped.69.01 raqamli Ilmiy Kengashlar, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari” bo‘yicha  ilmiy-texnik kengash faoliyatida ham faollik ko‘rsatib kelmoqdalar.

Shuningdek, kafedra tomonidan YuNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘qituvchilarning AKT kompetensiyalarini baholash bo‘yicha milliy seminar” loyihasi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Bugungi kunda kafedrada 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan P3-20170929789 sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusida amaliy tadqiqot loyihasi amalga oshirilmoqda.

– 2018 yilda loyiha doirasida “Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi: amaliyot va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi;

– “Umumiy pedagogika” fani o‘quv-uslubiy majmuasi pedagogik texnologiyalarni mavzular kesimida qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan qayta ishlandi va o‘quv jarayoniga joriy etildi;

– “Umumiy pedagogika” fanidan axborot-resurs maydonchasi ishlab chiqildi va foydalanishga topshirildi (pedagogika.masofa.uz).

– loyihaning hamkor tashkilotlari bilan birgalikda ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun “O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” mavzusida o‘quv-trening yo‘lga qo‘yildi.

Kafedra tarkibi

XUDAYQULOV XOL JUMAYEVICH

Xudayqulov Xol Jumayevich

Professor(1,00 stavka)

Batafsil
AZIZOV SHADMANKUL ASTANOVICH

Azizov Shadmankul Astanovich

Professor(0,25 stavka)

Batafsil
ABDURAXIMOV QODIRJON ABDUXALILOVICH

Abduraximov Qodirjon Abduxalilovich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
SODIKOV ULUGBEK JURAYEVICH

Sodikov Ulugbek Jurayevich

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
AXRAROVA ZEBUNISA BAXROMOVNA

Axrarova Zebunisa Baxromovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
USMANOVA SHOIRA DJUMABEKOVNA

Usmanova Shoira Djumabekovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
TULYAGANOVA GULCHEXRA KUCHKAROVNA

Tulyaganova Gulchexra Kuchkarovna

Dotsent(1,00 stavka)

Batafsil
TULISHOV G‘OLIB RAVSHANOVICH

Tulishov G‘olib Ravshanovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XUDAYNAZAROV TURSUNALI ALINAZAROVICH

Xudaynazarov Tursunali Alinazarovich

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SADIKOVA SHOIRA ODELDJANOVNA

Sadikova Shoira Odeldjanovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XAYDAROVA XILOLA RAXIMBERDIYEVNA

Xaydarova Xilola Raximberdiyevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
DANIYAROVA AYGERIM  NURESHEVNA

Daniyarova Aygerim Nureshevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SHAXALDAROVA GULCHEHRA SAGDIYEVNA

Shaxaldarova Gulchehra Sagdiyevna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XAMROKULOVA SHAXNOZA ERKINOVNA

Xamrokulova Shaxnoza Erkinovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ABDULLAYEVA GULCHEXRA ABDULLAJONOVNA

Abdullayeva Gulchexra Abdullajonovna

Katta o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
SHODMONOV SHOHRUH ADXAM ZODA

Shodmonov Shohruh Adxam Zoda

Katta o‘qituvchi(0,75 stavka)

Batafsil
TALIPOVA MALIKA ZUKURULLAYEVNA

Talipova Malika Zukurullayevna

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
QADIRQULOV YERALI SAYDVALI O‘G‘LI

Qadirqulov Yerali Saydvali o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
ISMADIYAROVA UMIDA ABDURAXMON QIZI

Ismadiyarova Umida Abduraxmon qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XAMIDOVA FARIZA SHUXRAT QIZI

Xamidova Fariza Shuxrat qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
TURDIQULOVA NILUFAR TO‘LQIN QIZI

Turdiqulova Nilufar To‘lqin qizi

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
XABIYEV TEMUR RAFAELEVICH

Xabiyev Temur Rafaelevich

Stajer-o‘qituvchi(1,00 stavka)

Batafsil
MURODOV MASHRAB YOQUB O‘G‘LI

Murodov Mashrab Yoqub o‘g‘li

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
SAGATOVA SHOXSANAM FORRUX QIZI

Sagatova Shoxsanam Forrux qizi

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil
RUZIMATOV ERKINJON YULCHIYEVICH

Ruzimatov Erkinjon Yulchiyevich

Assistent(1,00 stavka)

Batafsil

Ilmiy faoliyat

   Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Axrarova Zebuniso Baxramovna Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent “Jadid pedagogikasining ilmiy-nazariy asoslari va zamonaviy-didaktik mazmuni”
2 Sadikova Shoira Odeljanovna Katta o‘qituvchi “Universitet talabalarini pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish”
3 Xudaynazarov Tursunali Alinazarovich Katta o‘qituvchi “Rag‘batlantirish va jazolash fenomenlari, talabalarning o‘quv faoliyati samaradorligini ta’minlashning psixologik omili”
4 Sattarov Timur Sabirovich o‘qituvchi “Moliya tashkilotlari faoliyatida mamlakatlar ishtirokining qiymati va semantik determinantlari”
5 Nig‘matova Shoxsanam Nabi qizi o‘qituvchi “Psixologik konsultatsiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglash kvalimetriyasi”

Xalqaro hamkorlik

Pedagogika fanlari nomzodi Kroleveskaya Yelena Nikolaevna Rossiyaning Belgorod davlat universitetini 2002 yil fizika-matematika fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2003-2006 yillarda Pedagogika kafedrasida kunduzgi aspiranturani tugatgan. 2006 yil noyabr oyida kandidatlik ishini himoya qilgan. 13.00.08 – Kasbiy ta’limning nazariya va metodikasi. Rahbari pedagogika fanlari doktori, professor I.F.Isaeva.

Ye.N. Kroleveskaya “Kasbga kirish”, “Sinf rahbari”, “O‘quv amaliyoti”, “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi”, “Zamonaviy ta’lim texnologiyasi” mustaqil ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib boradi.

Ye.N. Kroleveskaya 111 ilmiy ishlari nashr etilgan. Shulardan 2 ta o‘quv-metodik majmua, 3 ta monografiya, 14 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta elektron darslik, 94 ta maqola, konferensiya tezislari, 14 ta VAK jurnalida maqola, 5 ta skopus.

Xozirda dotsent Ye.N. Kroleveskaya BelGU da bir necha doktorant, magistrlar va bakalavr yo‘nalishi talabalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Dotsent Ye.N. Kroleveskaya “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasida 12 soat soatbay asosida Obщaya pedagogika fanidan mashg‘ulotlar olib bordi.