Psixologiya bo‘limi 1972 yilda tashkil etilib, uzoq yillar davomida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston mintaqasida yagona, keng profilli psixologlar tayyorladi.
Psixologiya bo‘limini ochishda kafedra mudiri, professor Mahamad Vohidovich Vohidovning xizmatlari beqiyos bo‘lgan. 1990 yilga qadar psixologiya bo‘limini 800 ga yaqin mutaxassis tamomladi. Bitiruvchilardan V.M. Karimova va F.R. Abdurahmonov, I.E. Xudoyberdiev kabi qator olimlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Bitiruvchilarning asosiy qismi hozirgi kunda xalq xo‘jaligining turli sohalarida hamda hukumatimizning boshqaruv tizimida faoliyat olib bormoqdalar.
Bo‘limda Kuba, Nikaragua, Meksika, Vetnam, Laos, Mo‘g‘iliston, Afg‘oniston, Yaman, Misr Arab Respublikasi, Angola, Mali kabi mamlakatlardan, shuningdek, Sobiq Ittifoqning deyarli barcha respublikalaridan kelgan talabalar tahsil olishgan. Kafedra xorijiy davlatlarga 150 dan ziyod mutaxassis tayyorlab berdi.
Psixologiya kafedrasi 1976 yilgacha, «Mantiq va psixologiya» deb nomlanib, filologiya, tarix fakultetlari tarkibida faoliyat olib bordi. 1976 yildan alohida «Psixologiya kafedrasi»ga aylantirildi.
Bo‘lim talabalariga Moskva, Leningrad (Sank-Peterburg), Novosibirsk kabi ilmiy markazlardan kelgan B.F. Lomov, G.M. Andreeva, K.Vekker, K.M. Gurevich, I.V. Ravich-Sherba, L.A. Petrovskaya, T.V. Kudryasev, A.M. Matyushkin, N.N. Danilova kabi salohiyatli professorlar ma’ruza o‘qishgan.
2002-2010 yillar mobaynida Gaziev Ergash Gazievich Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) “Ijtimoiy psixologiya” kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib borgan.
Hozirda kafedra qoshida psixologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini himoya qilish bo‘yicha Ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatmoqda.
Umumiy psixologiya
Kafedra mudiri
MUXAMEDOVA DILBAR GAFURDJANOVNA
Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Professor
Kafedra tarixi
Kafedra tarkibi
Ilmiy faoliyat
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Abdulajonova Dilnoza Sultanbekovna | PhD | Boshqaruvda ayollar faoligining ijtimoiy psixologik xususiyatlari |
2 | Choriev Faxriddin Abdugapparovich | PhD | Talabalarda kreativ tafakkur diagnostikasi |
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy talabalar:
- Rossiya Federatsiyasi.
- Qirg‘iziston Respublikasi.
- Ozarbayjon Respublikasi.
- Xitoy xalq Respublikasi.
- Qozog‘iston Respublikasi.