Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig’i

BEKIMATOVA GULCHEXRA KALANDAROVNA

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 09:00-17:00
  • +998 94 316 51 19
  • bekimatova@nuu.uz

Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo‘lim  universitetda tahsil olayotgan iqtidorli talaba va magistrlarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Bo‘limning tarkibi:1 nafar bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar xodimlardan iborat.

Bo‘limning funksional vazifalari:

  • Iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish; – iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy to‘garaklarga va ijodiy  jamoalariga jalb qilish;
  • Iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, universitet, universitetlararo, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish;
  • Iqtidorli talabalar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti uchun ajratilgan qabul kvotalarining ta’lim sohalari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha tanlovlarda nomzodlar ishtirokini tashkil etish;
  • Reytingi yuqori iqtidorli talabalar va ularning rahbarlarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash;
  • Iqtidorli talabalarni ilm-fan namoyondalari, universitet rahbarlari, tajribali professor-o‘qituvchilar bilan davra suhbatlarini tashkil etish.