Yuridik xizmat

Yuridik xizmat bo'lim boshlig'i

RUSTAMOV TAXIR KARIMOVICH

  • 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
  • Dushanba-Juma, 14:00 – 17:00
  • +998712467853
  • yurist@nuu.uz

Yuridik xizmat Vazifalari

  • O‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarish, mehnat va ijro intizomiga, odob-ahloq qoidalariga rioya qilish;
  • Korruptsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, va shuningdek, bunday holatlar aniqlangar taqdirda zudlik bilan universitet rahbariyatiga va korruptsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga xabar berish;
  • O‘z xizmat vazifalarini suiste’mol qilmaslik;
  • Yuridik hizmatning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Yuridik hizmatning joriy va istiqbol ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Hizmat maqsadidan kelib chiqib faoliyatni muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalarni hamda Yuridik hizmat masalasiga oid O‘zMU buyruqlarining bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta’minlashni tashkil etish;
  • Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazoratni olib borish;
  • O‘zMUda chikariladigan karor va buyruk loyixalarini nazoratdan o‘tkazish xamda chikarilgan farmoyish, karor va buyruklarning amaldagi konun koidalar asosida to‘gri rasmiylashtirishini nazorat kilish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;
  • O‘zMU bilan boshka tashkilotlar o‘rtasida tuziladigan shartnomalarning konunchilik hujjatlariga zid emasligini nazorat qilish va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;
  • Universitet tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat qilish;
  • Universitetning qonun ijodkorligi faoliyatida ishtirok etish, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash;
  • Pedagog va boshqa xodimlar, talabalarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini, shu jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali etkazishda ishtirok etish;
  • Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini olib borish, universitetning mulkiy va boshqa manfaatlarini sud va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarida ishonchli himoya qilinishini ta’minlash;
  • Professor – o‘kituvchilar, xodimlar va ta’lim oluvchilarga xukukiy maslaxatlar berish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;
  • Lavozim (vazifa) yo‘riqnomasiga rioya qilish;
  • O‘z vakolatiga taallukli bulgan vazifalarning bajarilmagani uchun konun xujjatlarida belgilangan tartibda javob berish;
  • O‘ziga biriktirilgan universitet mulki uchun qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda javob berish.