Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengashda O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti “Fizikaviy kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘ g‘lining 02.00.04 – Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Oligamer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar asosidagi sistemalarning ingibirlash mexanizmi” mavzuidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Himoya ishida professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, tayanch doktorant va magistrant talabalar ishtirok etdi. Kimyo fanlari doktori, professor Hamdam Ikromovich Akbarov ilmiy rahbarligida tayyorlangan ushbu dissertatsiya ishi himoyada ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Dissertatsiya ishi qizg‘in muhokamadan so‘ng, ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Kengash aʼzolarining bergan ovozlari natijalariga ko‘ra, Rajabov Yusufboy Nuraddin o‘ g‘lining 02.00.04 – Fizik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Oligamer aminobirikmalar va ikkilamchi xomashyolar asosidagi sistemalarning ingibirlash mexanizmi” mavzuidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi 100 foiz ovoz bilan maʼqullandi va kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berish uchun loyiq deb topildi.
Yosh olimning ushbu yuksak zafar bilan qutlaymiz. Kelajakda o‘z yo’nalishida ko‘plab shogirdlar yetishtirib, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishishida omadlar tilaymiz.

O‘zMU Axborot xizmati