«Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaning limit teoremalari» Xalqaro ilmiy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va Rossiya Fanlar Akademiyasining V.A.Steklov nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda O’zbekiston Milliy universitetida «Ehtimolliklar nazariyasi va matematik statistikaning limit teoremalari» Xalqaro ilmiy konferensiyasi o’tkazildi.