O‘zbekiston Milliy universitetiga Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi Elsevier S&T rahbari Damir Raxmetov tashrif buyurdi. Uchrashuvda O’zbekiston Milliy universitetining Elsevier bilan bevosita oʼzaro hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar xalqaro reytinglarda ishtirok etish boʼyicha universitet ko’rsatkichilarini monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish, professor-oʼqituvchlarning ilmiy faoliyati hamda universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish kabi masalalarni koʼrib chiqdilar. Markaziy Osiyo va Ozarbayjondagi Elsevier S&T rahbari Damir Raxmetov Elsevier va Xalqaro reyting kompaniyalar bilan birgalikda O’zbekiston Milliy universitetining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish haqida to’xtalib o’tdi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
O’zMU Axborot xizmati