O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, iste’dodli ijodkor, so‘z ustasi va mahorat egasi, jamoat arbobi Erkin Vohidovdan bizga ulkan meros qoldi. Uning ijodi mavzu ko‘lami nihoyatda rang-barangdir.
Joriy yilning 1-aprelida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida Adiblar xiyobonidagi buyuk siymolarning haykallari atrofida adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitetdan 40 nafar talaba-yoshlar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari va tyutorlari faol qatnashdilar. Tadbirda talabalar tomonidan Erkin Vohidov, Alisher Navoiy va Muhammad Yusuf ijodiga mansub she’r, qasida va g‘azallar aytildi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan talabalar ma’naviy hordiq olishdi.
O`zMU Axborot xizmati