2021-yilning 24-noyabr kuni Qozon Federal universiteti (QFU) Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Gumerovna Bagautdinova O`zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida O`zbek-Qozon qo`shma dasturi talabalari bilan uchrashdi. Shuningdek, QFU Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova fakultet dekanlari va bo`lim boshliqlari bilan QFU xalqaro reytinglar natijasi, universitet reytingini oshirish strategiyasi borasida tajribalarini o’rtoqlashdi.
Uchrashuv davomida Nailya Bagautdinova QFUning tashkil topish tarixiga to`xtalib, Rossiya Federatsiyasining 2030 loyihasidagi ishtiroki xususida ishtirokchilarga ma’lumot berdi. Ma’lumot uchun: Qozon Federal universiteti QS reytingida 347-o’rinni va THE reytingida 801-1000 o`rinni egallagan.
O’zMU Axborot xizmati